"Qoʻriqlash" xizmati xodimlari tomonidan Qarshi shahrida navbatdagi targʻibot tadbirlari oʻtkazildi
Mazkur tadbirlar davomida aholi orasida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish, aholining moddiy-tovar boyliklarni ishonchli himoyalash borasida "Qoʻriqlash" xizmatining afzalliklari, maqsad va vazifalari, shuningdek, soha xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar, xizmat koʻrsatish turlari hamda tariflari yuzasidan batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi.
Targʻibot tadbirlarida oʻz xonadonlarini qoʻriqlovga topshirmoqchi boʻlgan fuqarolarimizning xizmatni integrallashgan qoʻriqlov vositalari haqida batafsil maʼlumotlar berilib ularning ishlar tartibi bilan yaqindan tushuntirildi.