Mamlakatimizda atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish hamda ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Qoʻriqlash boʻlinmalari xodimlari Davlat inspektorlari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlarini oʻtkazishmoqda
Mamlakatimizda atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Qoʻriqlash boʻlinmalari xodimlari Davlat ekologiya inspektorlari bilan hamkorlikda keng koʻlamli nazorat tadbirlarini amalga oshirmoqda.
Jumladan, Andijon viloyatida oʻtkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida atmosferaga zararli moddalar chiqarilishini meʼyordan oshirgan, ekologik talablarni qoʻpol ravishda buzgan ayrim fuqarolar va korxonalar faoliyati aniqlandi. Tekshiruv natijalariga muvofiq, qonunbuzarlikka yoʻl qoʻyganlarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy choralar koʻrildi, jumladan jarimalar qoʻllanildi va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha qabul qilingan topshiriqlar ijrosi nazoratga olindi.
Qoʻriqlash boʻlinmalari faoliyatidagi bunday hamkorlik tadbirlari ekologik xavfsizlikni taʼminlash, tizimli nazoratni kuchaytirish va tabiat muhofazasiga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.