Yangiliklar

15 Iyun 2025

QOʻRIQLASH BOʻLIMI XODIMLARI BILAN XUDOYORXON SAROYIGA SAYOHAT TASHKILLANDI

Qoʻriqlash xizmati xodimlarini mavjud tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishtirish hamda ularning dam olish kunlarini maroqli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida keng qamrovli ishlar muntazam ravishda olib borilmoqda. Xususan, Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari uchun tarixiy obidalarga sayohat tashkillashtirildi.

Mazkur sayohat davomida xodimlar Qoʻqon shahrida oʻzining boy tarixiy va madaniy merosiga ega boʻlgan, Xudoyorxon oʻrdasiga tashrif buyurishdi.
Oradan qancha asrlar oʻtsa hamki mazkur tarixiy yodgorlik hali hanuz odamlarni oʻziga ohangrabodek jalb qilib kelmoqda. Tashrif davomida xodimlarga mutaxassislar tomonidan Oʻrda tarixi, uning uning jahon tarixida tutgan oʻrni, meʼmorchiligi, Qoʻqon xonligi davridagi asori-atiqalar bilan yaqindan tanishtirib chiqildi

Ushbu sayohat davomida xodimalar tarixiy yodgorlik haqida maʼlumot olish bilan birga madaniy hordiq ham olishib bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.