Yangiliklar

26 Yanvar 2024

"QOʻRIQLASH" BOʻLIMI XODIMLARI TEATRDA MADANIY HORDIQ CHIQARDILAR

Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi Termiz shahar "Qoʻriqlash" boʻlimi xodimlari va ularning oila aʼzolari, shuningdek, maktab oʻquvchilari Termiz shahridagi sanʼat saroyiga tashrif buyurishdi.
Bu yerda ishtirokchilar uchun viloyat musiqali drama teatri jamoasi tomonidan sahnalashtirgan “Uydagi gap koʻchada” spektakli namoyish etildi. Mazkur spektaklda mobil qurilmalarning roli va taʼsiri, unga qaram boʻlishning salbiy oqibatlari koʻrsatib berildi. Kitobxonlikni ommalashtirish, gadjetlardan maqsadli foydalanish muhimligi taʼkidlandi. Uyali aloqa vositalaridagi turli onlayn qimor oʻyinlarining keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan salbiy holatlari aktyorlar tomonidan mohirona ijro etildi.
Namoyish etilgan sahna koʻrinishi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularning dunyoqarashini kengaytirishga, hushyorlikka, vaqtni mazmunli oʻtkazishga chorlashga xizmat qildi.