Yangiliklar

11 Oktyabr 2024

Xodimlar tomonidan shahar-tumanlarda "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida targʻibot tadbirlari oʻtkazmoqda

Hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish maqsadida Milliy gvardiya Samarqand hamda Fargʻona viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan profilaktik ishlar davomida fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berildi.
Oʻz obyekti yoki xonadonini "Qoʻriqlash" xizmatiga topshirmoqchi boʻlgan fuqarolar oshlik toʻlovlar miqdori, texnik vositalarga xizmat koʻrsatish tartiblari haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi. Yakunda oʻz savdo doʻkonlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan tadbirkorlar belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi. Shu bilan bir qatorda, koʻp qavatli uylarning kirish qismlariga "Tashvishgoh uychalari" oʻrnatildi. Bu kabi tadbirlar respublikamizning barcha hududlarda oʻtkazilmoqda.