Xizmat vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari holidan xabar olindi
Bayram kunlari muhtojlar holidan xabar olish, ularning ogʻirini yengil qilish va dardiga malham boʻlish xalqimizga xos eng ezgu fazilatlardan biridir. Shuning uchun ham ayni bayram arafasida Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan tizimda koʻp yillar samarali ishlab, hozirda nafaqa gashtini surayotgan xodimlar, shuningdek, xizmat vaqtida halok boʻlgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarning oila aʼzolari xolidan xabar olindi.
Rahbariyat tomonidan oilalarga tashrif buyurilganda, ularning yashash sharoiti hamda moddiy ahvoli oʻrganilib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi. Bunday ezgulikka yoʻgʻrilgan xayriya tadbirlari jamiyatimizda mehr-oqibat, odamiylik, ezgulik kabi fazilatlarni yanada kuchaytirishi bilan birga barchani xayrli savob ishlar sari undaydi, albatta.