Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holidan xabar olindi
Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻi tomonidan Andijon viloyati Shahrixon tumani "Yangi Maxalla" mahallasida yashovchi oilalarning holati oʻrganildi hamda ularning ehtiyojlari inobatga olindi. Oilalarga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari va 8 bosh xonaki tovuq parrandalari topshirildi.
Shu bilan birgalikda, ularni qiynab kelayotgan mavjud muammolar oʻrganilib, ijroga qaratildi. Oilalarning ahvolini yaxshilash va ularga samarali yordam koʻrsatish maqsadida kerakli tadbirlar belgilandi. Bu ishlarning davomida ijtimoiy himoyani mustahkamlash va muhtoj oilalarning hayot sifatiga eʼtibor berishga intilishimiz muhim.