Yangiliklar

16 Iyun 2024

MURUVVAT UYIDAGI KEKSALAR HOLIDAN XABAR OLINDI

Kirib kelayotgan Qurbon hayit bayrami munosabati bilan respublikamiz boʻylab mehr-saxovatga muhtoj, alohida eʼtibor talab qiladigan, yolgʻiz keksalar, shuningdek, nuroniy otaxon-onaxonlarimiz holidan xabar olish azaliy anʼanalarimizdan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Urganch tumanidagi “Muruvvat" uyida istiqomat qilayotgan keksa otaxon-onaxonlarning xolidan xabar olindi.
Ularga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari olib borilib, bayram dasturxoni yozildi. Milliy kuy-qoʻshiqlar sadosi ostida keksalarimizga bayram kayfiyati ulashildi. Moʻysafid otaxonlarimiz tomonidan shunday tinch, farovon mamlakatda istiqomat qilayotganligimizga shukrlar aytilib, duoga qoʻl ochildi.
Oʻtkazilgan tadbir otaxon va onaxonlarimiz uchun bir olam ijobiy taassurotlarga boy tarzda oʻtdi.