Yangiliklar

13 Iyun 2024

Milliy gvardiya xodimlari “Men donorman” shiori ostidagi xayriya qon topshirish aksiyasida faol ishtirok etishdi

Tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj bemorlarni, ayniqsa onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolajonlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning hayotini saqlab qolish, shuningdek, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat gʻoyalarini targʻib qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari ishtirokida “Men donor!” aksiyasi oʻtkazildi.
Maʼlumki, insoning hayotini asrab qolish koʻpincha qon quyish jarayoni bilan bogʻliq boʻladi, qon esa kimyo laboratoriyalarida ishlab chiqilmaydi, u inson organizmidagi bebaho neʼmat hisoblanadi.
Faqat yaxshi insonlarning yordami bilangina ogʻir ahvoldagi bemorlarni hayotga qaytarish, ularning umriga umr qoʻshish mumkin.
Mana shu ezgu gʻoya va maqsadlar yoʻlida markaz shaxsiy tarkibi va tinglovchilari, qonga muhtoj boʻlgan bemorlarga hayot bagʻishlash va ularning sogʻayib ketishlariga hissa qoʻshishdek xayrli va savobli ishlarda faoli ishtirok etdilar.