Yangiliklar

18 Iyul 2025

Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan navbatdagi targʻibot tadbirlari oʻtkazildi

Respublikamiz boʻylab Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari mol-mulklarining xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha bu kabi tadbirlar “Sogʻlom va xavfsiz yurt” tamoyili asosida tashkil etilib, aholi hamda yuridik shaxslar bilan ochiq muloqotlar oʻtkazildi. Zamonaviy qoʻriqlash va signalizatsiya vositalaridan foydalanishning afzalliklari, ularning xavfsizlikni taʼminlashdagi samaradorligi yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, Qoʻriqlash xizmati faoliyatiga joriy etilayotgan yangiliklar, xizmat koʻrsatish jarayonlaridagi qulayliklar va texnik yangilanishlar haqida ham keng tushuntirishlar berildi.

Tadbirlar davomida oʻz xonadoni yoki tadbirkorlik obyekti xavfsizligini Qoʻriqlash xizmatiga topshirishni istagan fuqarolarga oylik toʻlov miqdorlari, texnik vositalarga xizmat koʻrsatish tartibi va ulanish jarayoni boʻyicha batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.