MILLIY GVARDIYA XODIMLARIGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI
Yangilanish va yasharish, mehr-muruvvat, tinchlik va ezgulik, milliy qadriyatimiz ramzi – Navroʻz ayyomi arafasida Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilarining navbatdagi bitiruv hamda qasamyod qilish tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda navbatdagi oʻquv yigʻinini tamomlagan Milliy gvardiya harbiylashtirilgan qorovullik boʻlinmalari ishchi va xizmatchilariga sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda oʻquv markazi rahbariyati va masʼul xodimlar ishtirok etib hamda tinglovchilarga zimmasidagi masʼuliyatli va sharafli vazifani mukammal ado etishda egallagan bilim va koʻnikmalari oʻz samarasini berishiga ishonch bildirib, sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi.
Shuningdek, tadbirga Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, "Oltin kalam" mukofoti sovrindori Dilshod Rajabov taklif etilib, uz ijodlariga oid, vatanparvarlik ruxidagi sherlar oʻqib eshittirildi.