Yangiliklar

7 Noyabr 2024

Hamkorlik va taʼlim!

Kuni kecha Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari uchun huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida uchrashuv tashkil etildi. Ushbu tadbirning maqsadi shaxsiy tarkibning xizmat intizomini mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, Yoʻl harakati qoidalariga amal qilish boʻyicha xabardorlikni oshirishdan iborat boʻldi.

Tadbirda viloyat Harbiy prokuraturasi, IIB YHXB hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi masʼullari ishtirok etdilar.

Ularning barchasi oʻzlarining mutasaddi vazifalariga qarab, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, xizmat intizomini saqlash, Yoʻl harakati qoidalarining ahamiyati va muzlama sharoitlarda xizmat avtomobillaridan xavfsiz foydalanish toʻgʻrisidagi maqsadga yoʻnaltirilgan maʼruzalar bilan ishtirok etdilar.