Yangiliklar

7 May 2021

HAMKORLIK YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA

Yurtimizda jamoat xavfsizligi, uy-joy va mol-mulk daxlsizligi, fuqarolar xotirjamligini ta’minlash yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi samarali faoliyat olib bormoqda. Xorij tajribasi asosida qo‘riqlash sohasida yangi texnologiya va mexanizmlar amaliyotga keng tadbiq etilmoqda. Mazkur yo‘nalishda esa qator xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalari olib borilmoqda.
Kuni kecha, Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash departamenti boshlig‘i polkovnik Shepelev Aleksandr Svyatoslavovich boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasida har ikki mamlakat vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.