XODIMLAR VA ULARNING OILA AʼZOLARI UCHUN SAYYOR QABUL OʻTKAZILDI
Milliy gvardiya Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda “Qoʻriqlash” boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolarining muammolarini oʻrganish, ularni joyida ijobiy hal qilish, ijtimoiy himoyasini taʼminlashga qaratilgan sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul avvalida "Xotin-qizlarga koʻrsatiladigan tazyiq va zoʻravonlik holatlari va ulardan himoyalanish" mavzusida davra suhbati oʻtkazilib, mazkur davra suhbatida mutaxassislar oila aʼzolariga tegishli huquqiy maslahatlar berildi.
Shundan soʻng, masʼul rahbarlar tomonidan ayollarning murojaatlari tinglanib, ularning mavjud muammolari atroflicha oʻrganildi hamda masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Tadbir soʻngida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan faol xotin-qizlarga bayram sovgʻalari topshirildi.