Yangiliklar

17 Fevral 2025

"Qonun ustuvorligini taʼminlashning muhim omillari" mavzusida oʻquv yigʻini oʻtkazildi

Kuni kecha hududiy "Qoʻriqlash" boshqarmalarining Yuridik taʼminlash va murojaatlar bilan ishlash boʻlimlari xodimlari ishtirokida "Qonun ustuvorligini taʼminlashning muhim omillari" mavzusida oʻquv yigʻini oʻtkazildi.
Tadbirda erkin savol javob va davra suhbatini tashkil qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi, Sudyalar Oliy kengashi, Adliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yuridik boshqarmasi xodimlari taklif etildi.
Oʻquv yigʻin davomida tizimda uchraydigan yuridik ahamiyatga ega boʻlgan muammoli masalalar va kazuslar keng muhokama qilindi. Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunga muvofiq tartibda qabul qilish va koʻrib chiqish, ularni belgilangan muddatlarda sifatli ijrosini taʼminlash, bu borada amaliyotdagi mexanizmlar va qonunchilikni takomillashtirish, ijrochilik intizomini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Yigʻin yakunida, soʻzga chiqqanlar tomonidan sohaga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar va qonunlarning mazmun-mohiyati yetkazilib, xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.