Yangiliklar

28 Sentyabr 2024

Hududiy "Qoʻriqlash" boshqarmalari Axborot xizmatlari xodimlari ishtirokida “Milliy gvardiya faoliyatida ochiqlik va shaffoflik. Matbuot sohasida milliy va xorijiy tajriba. Feyk maʼlumot hamda dezinformatsiyalarda ijtimoiy tarmoqlar va platformalardagi imkoniyatlar, sunʼiy intellektning milliy kontent yaratishda tutgan oʻrni” mavzusida oʻquv yigʻini boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 23-27 sentabr kunlari hududiy Qoʻriqlash boshqarmalari Axborot xizmatlari xodimlari ishtirokida "Qoʻriqlash" boshqarmalari Axborot xizmatlari xodimlari ishtirokida “Milliy gvardiya faoliyatida ochiqlik va shaffoflik. Matbuot sohasida milliy va xorijiy tajriba. Feyk maʼlumot hamda dezinformatsiyalarda ijtimoiy tarmoqlar va platformalardagi imkoniyatlar, sunʼiy intellektning milliy kontent yaratishda tutgan oʻrni” mavzusida oʻquv yigʻini boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Milliy gvardiya faoliyatini ommaga toʻgʻri va sifatli yetkazishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini joriy etish orqali davlat organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini kuchaytirish muhim ekanligi taʼkidlandi.
Milliy va xorijiy tajribalar misolida, axborot xizmatlari xodimlariga davlat organlari faoliyati haqidagi axborotni qanday tarzda ochiq, xolis va tezkor tarzda taqdim qilish, feyk xabarlarga qarshi samarali kurashish uslublari haqida maʼlumot berildi. Qatnashchilar xorijiy davlatlarning axborot xavfsizligi sohasidagi ilgʻor usullari bilan tanishish imkoniga ega boʻldilar.
Texnologiyalar rivojlanishi bilan axborot xizmatlari uchun sunʼiy intellektning roli ortib bormoqda. Yigʻilishda sunʼiy intellektning ijtimoiy tarmoqlarda feyk maʼlumotlar va dezinformatsiya tarqatilishidagi salbiy jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, sunʼiy intellekt yordamida shunday maʼlumotlarni aniqlash va ularga qarshi kurashish borasidagi ijobiy imkoniyatlar haqida ham fikr almashildi.
Zamonaviy foto va videotasvirga olish usullari ham yigʻilishning muhim mavzularidan biri boʻldi. Axborot xizmatlari xodimlari zamonaviy media vositalardan foydalanish va suratga olish texnikasini takomillashtirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarda qatnashdilar. Zamonaviy uskunalar yordamida samarali foto va video kontent yaratish orqali auditoriya eʼtiborini jalb qilish va axborotni toʻgʻri yetkazish borasida bilimlar berildi.
Shuningdek, yigʻilish davomida sunʼiy intellekt texnologiyalarining montaj va grafik amallarda tutgan oʻrni ham muhokama qilindi. Sunʼiy intellekt yordamida videolar va tasvirlarni tez va sifatli tahrir qilish, vizual kontentni takomillashtirish imkoniyatlari oʻrganildi. Bu texnologiyalar axborot xizmatlari xodimlariga nafaqat kontent yaratish jarayonini tezlashtirish, balki uning vizual sifati va taʼsirchanligini oshirishga ham yordam beradi. Qatnashchilar sunʼiy intellekt orqali aniq va aniqsizliklardan xoli, professional darajadagi video va foto mahsulotlar yaratish boʻyicha tajriba olishdi.
Oʻquv yigʻini barcha qatnashchilar uchun foydali va samarali boʻldi, Milliy gvardiya faoliyatini yoritishda ochiqlik va professional yondashuvni kuchaytirish yoʻnalishida muhim qadamlar tashlandi.