Yangiliklar

11 Iyul 2025

Qoʻriqlash xizmati faoliyatini yanada takomillashtirishga bagʻishlangan oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi

Namangan viloyati IIB boshligʻi rahbarligida oʻtkazilgan oʻquv-amaliy seminarda boshqarmaning masʼul xodimlari, Qoʻriqlash boshqarmasi, shahar-tuman IIB boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari hamda boshqa xodimlar ishtirok etdi.

Dastlab, masʼul rahbarlarning Chust tumanida IIB va Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari tomonidan obyektlarni qoʻriqlovga olish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi. Shundan soʻng, obyektlarni qoʻriqlovga olish boʻyicha yaratilgan “Chust tajribasi” boʻyicha sohaga tatbiq etilgan zamonaviy ilgʻor texnologiyalar va yangicha ishlash tizimi haqida seminar ishtirokchilariga batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi.

Seminar davomida masʼul rahbarlarning takliflari tinglanib, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar tinchligi va hudud osoyishtaligini taʼminlashda "Chust tajriba"sini yanada takomillashtirish hamda barcha hududlarda ommalashtirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.