Yangiliklar

15 Dekabr 2025

Qoʻriqlash Departamentining hududiy Qoʻriqlash boʻlinmalari harbiy-safarbarlik yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislari ishtirokida oʻquv-uslubiy yigʻin boʻlib oʻtdi

Qoʻriqlash Departamentining hududiy Qoʻriqlash boʻlinmalari harbiy-safarbarlik yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislari ishtirokida oʻquv-uslubiy yigʻin boʻlib oʻtdi.

3 kun davom etgan oʻquv yigʻinida Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar va Mudofaa vazirliklari hamda Departament masʼul xodimlari tomonidan yigʻin ishtirokchilarining jangovar, kasbiy, huquqiy va maxsus tayyorgarlik yoʻnalishlarida bilimlari mustahkamlandi.

Oʻtkazilgan yigʻin mutaxassislarning xizmat vazifalarini samarali bajarish uchun zarur boʻlgan asosiy koʻnikmalarni tizimlashtirish va mustahkamlashga yordam berdi.