Yangiliklar

4 Mart 2024

YOSHLAR OʻRTASIDA MINI-FUTBOL BOʻYICHA MUSOBAQA OʻTKAZILDI

Toshkent harbiy prokuraturasi hamda shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamkorligida Olmazor tumanidagi 2-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida sportning mini-futbol turi boʻyicha "Harbiy prokuror kubogi" uchun sport musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqada 10 va 11 sinf oʻquvchilari uchta jamoaga boʻlingan holda birinchilik uchun oʻzaro kuch sinashdilar.
Natijalarga koʻra, birinchi oʻrin "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi, ikkinchi oʻrin Chilonzor tumani 1-sonli kasb-hunar maktabi, uchinchi oʻrin esa "Geofizika" mahallasi maktab oʻquvchilari gʻolib boʻlishdi.
Musobaqa gʻoliblariga "Harbiy prokuror kubogi", medal va maxsus sovrinlar tantanali ravishda topshirildi.