Yoʻllarda harakatlanish madaniyatini yanada oshirish hamda Yoʻl harakati qoidalariga kiritilgan soʻnggi oʻzgartirish va qoʻshimchalardan xabardor qilish maqsadida seminar mashgʻuloti oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari oʻrtasida Yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya etish, yoʻllarda harakatlanish madaniyatini yanada oshirish hamda Yoʻl harakati qoidalariga kiritilgan soʻnggi oʻzgartirish va qoʻshimchalardan xabardor qilish maqsadida seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan ushbu mashgʻulot davomida maʼruzachilar tomonidan, soʻnggi vaqtlarda sodir etilgan yoʻl transport hodisalari, ularning kelib chiqish sabablari, transport vositasida hamda piyoda harakatlanish davomida alohida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar, shuningdek, yoshlarga Yoʻl harakati qoidalarini bolalik chogʻidan oʻrgatish lozimligi borasida zaruriy maʼlumotlar yetkazilib, shaxsiy tarkibning mavzuga oid qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.