Yangiliklar

31 Oktyabr 2024

YOʻLLARDA SODIR ETILISHI MUMKIN BOʻLGAN YOʻL TRANSPORT HODISALARINI OLDINI OLISHGA QARATILGAN SEMINAR OʻTKAZILDI

Milliy gvardiya Xorazm viloyati “Qoʻriqlash” boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida sodir etilayotgan transport bilan bogʻliq noxush holatlarning oldini olish, xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarini boshqarishda yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishlarini taʼminlashga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda malakali mutaxassislar tomonidan Yoʻl harakati qoidalari, xavfsizlik choralari va avariyalarning oldini olish usullari boʻyicha tushunchalar berilib, ishtirokchilarning savollariga javob berildi.
Tadbirda qish mavsumida Yoʻl harakati qoidalariga rioya etish, yoʻlda xavfsiz harakatlanish koʻnikmalarini mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Seminar ishtirokchilari yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishlari va oʻz xizmat vazifalarini masʼuliyat bilan bajarishga chaqirildi. Shu bilan birga respublikamiz boʻylab sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalari videoroliklar tarzida shaxsiy tarkib eʼtiboriga havola etildi.
Bunday tadbirlar, albatta, transport vositalaridagi harakatlarning xavfsizligini taʼminlash va yoʻllardagi noxush holatlarni kamaytirishda muhim rol oʻynaydi.