Yangiliklar

3 Iyul 2024

“OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI YUZASIDAN SEMINAR MASHGʻULOTI BOʻLIB OʻTDI

Shaxsiy tarkibni davlatimizdagi olib borilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi rejalar bilan yaqindan tanishtirish, ularning huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida Urganch Ranch texnologiya universiteti mutaxassis oʻqituvchilari ishtirokida seminar mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Dastlab tinglovchilarga bugungi kunda qonunchilikdagi yangiliklar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun belgilangan talablar, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirish davomidagi protsessual harakatlar xususida batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi. Shu bilan birga davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasida belgilangan vazifalar hamda ularning amaliy ijrosiga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga javob olishdi. Belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda jamiyatning ajralmas boʻgʻini sifatida ishtirok etayotgan "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi tomonidan qilinayotgan ishlarni sidqidildan ado etish kabi masalalar xam shaxsiy tarkibga tushunarli tarzda yetkazildi.