Yangiliklar

24 Aprel 2024

«AJDODLAR IZIDAN» INTELLEKTUAL OʻYININING HUDUDIY BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi hamda hamkor tashkilotlar bilan «Ajdodlar izidan» intellektual oʻyinining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Bojxona qoʻmitasi, Milliy Gvardiya xodimlari va DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari ishtirok etishdi.
Musobaqa yakuniga koʻra Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasining “Amir Temur izdoshlari” jamoasi musobaqaning eng faol jamoasi deb topildi.
O‘yin buyuk sarkardalarimizning jang san’ati, jamiyat va davlat hayotida amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, badiiy, iqtisodiy va harbiy islohotlari to‘g‘risidagi 4 ta kitob asosida savol-javob tariqasida bo‘lib o‘tadi.
Gʻoliblar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Endilikda jamoalar respublika miqyosida viloyat shaʼnini himoya qiladi.