Yangiliklar

25 Sentyabr 2025

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek xizmat vaqtida sodir etilishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarning oldini olish maqsadida profilaktik davra suhbati oʻtkazildi

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida profilaktik davra suhbati oʻtkazildi. Tadbir jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, xizmat intizomini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek xizmat vaqtida sodir etilishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarning oldini olish maqsadida tashkil etildi.

Mazkur tadbirda huquqni muhofaza qilish organlar vakillari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi. Soʻzga chiqqanlar korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish chora-tadbirlari toʻgʻrisida maʼruzalar qildilar, shuningdek, huquqbuzarliklarning haqiqiy holatlarini aks ettiruvchi videoroliklarni namoyish etdilar.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining kasb etikasi va axloqiy prinsiplari masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbir davomida hududlarda oʻtkazilgan muvaffaqiyatli profilaktik tadbirlarining aniq misollari koʻrib chiqildi. Yakunda esa shaxsiy tarkib bilan ishlashni takomillashtirish va profilaktika faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.