SHAXSIY TARKIB UCHUN AMALIY SEMINAR HAMDA TRENING MASHGʻULOTLARI OʻTKAZILDI
Andijon davlat pedagogika instituti dotsent psixolog mutaxassislari tomonidan viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi uchun amaliy seminar hamda trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Shaxsiy tarkibning ruhiy barqarorligini mustahkamlash, ulardagi turli ruhiy zoʻriqishlarning oldini olish, shaxslararo muomalaga kirishganda muloqot usullari kabi muhim jihatlarni oʻz ichiga olgan ushbu treningda asosiy eʼtibor xodimlarning eslab qolish qobiliyatlarini mustahkamlash, oson va samarali muomalaga kirish usullariga qaratildi.
Turli xil sharoitlarga moslashish va koʻnikma hosil qilish, xodimlarning xizmat faoliyati davomida kasbiy mahoratini oshirish, oldinga qoʻyilgan vazifalarni yakdil, tez, osonroq bajarishda ushbu trening mashqlarining ahamiyati katta.