Yangiliklar

10 Aprel 2025

Xodimlarning psixologik-ruhiy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi trening mashgʻuloti oʻtkazildi

Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi Psixologik taʼminlash boʻlimi psixologlari tomonidan xodimlarning psixologik-ruhiy holatini yanada barqarorlashtirish, ularning kasbiy faoliyatida uchraydigan stress holatlarini bartaraf etish va jamoaviy muhitni mustahkamlash maqsadida navbatdagi trening mashgʻuloti tashkil etildi.

Mazkur trening mashgʻulotida xodimlarning oʻzaro ishonchini oshirish, sogʻlom jamoaviy muhitni shakllantirish, shuningdek, ruhiy holatni nazorat qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Trening davomida turli psixologik mashqlar, amaliy vazifalar va jamoaviy oʻyinlar orqali xodimlarning faolligi oshirildi, ularning bir-biriga boʻlgan munosabati yanada iliqlashdi.

Psixologlar tomonidan olib borilgan trening mashgʻuloti xodimlar tomonidan iliq kutib olindi va bu kabi tadbirlar kelgusida ham tizimli ravishda davom ettirilishi rejalashtirilgan. Bu esa, oʻz navbatida, xodimlarning xizmat faoliyatida yuqori samaradorlikka erishishiga xizmat qiladi.