“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalarini shaxsiy tarkibiga atroflicha tushuntirishga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi
Mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli taʼminlash maqsadida "Oʻzbekiston – 2030" strategiyasi tasdiqlangan.
Kuni kecha “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalarini Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibiga atroflicha tushuntirish uchun seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbirga soha mutasaddilari taklif qilinib, strategiyada belgilangan vazifalar hamda ularning amaliy ijrosiga qaratilgan chora-tadbirlar boʻyicha maʼlumotlar yetkazildi.
Shuningdek, bugungi kunda xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha xohish irodasini roʻyobga chiqarish, har bir fuqaroga oʻz salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sogʻlom, bilimli va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim boʻgʻiniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat va qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli taʼminlash zarurligi qatnashchilar eʼtiboriga yetkazdi.