Yangiliklar

14 Avgust 2024

Navbatdagi psixologik seminar-trening oʻtkazildi

Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi psixolog-mutaxassislari tomonidan shaxsiy tarkibning ruhiy holatini koʻtarish va xizmat sifatini yaxshilash maqsadida proyektiv metodikalar, yakka tartibda suhbatlar hamda psixologik trening tashkil etildi.
Bu kabi navbatdagi trening davomida xodimlarning tushkun holatlarga tushib qolmasliklariga, shaxsiy tarkibning ruhiy barqarorligini mustahkamlashga hamda ulardagi turli ruhiy zoʻriqishlarning oldini olishga qaratilgan mashgʻulotlar olib borildi.
Kasbiy malaka va koʻnikmalarni rivojlantirishning psixologik jihatlarini psixokorreksion darslar orqali ochib berish hamda kelgusida uchrashi mumkin boʻlgan turli psixologik toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan trening xodimlarga hayoti va faoliyatida, oilasida, doʻstlari davrasida yuzaga keladigan muammolar va ziddiyatlar mohiyatini tahlil qilish, hal etish,shuningdek, oʻz oldiga yangi maqsadlarni qoʻyish va mustaqil qarorlar qabul qilishda muayyan yordam koʻrsatishiga ishonamiz.