Idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchi-xizmatchilarining xizmat faoliyatiga doir bilimlarini mustahkamlash maqsadida navbatdagi oʻquv seminar boʻlib oʻtdi
Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida Qoʻshkoʻpir tumanida joylashgan taʼlim muassasalari, davlat idoralari va korxona tashkilotlardagi xizmat olib borayotgan idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchi-xizmatchilari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbir davomida tinglovchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023 yil 11 aprel kunidagi qoʻshma qarorda belgilab oʻtilgan talablar yetkazildi.
Xususan, qoʻriqlanayotgan obyektlarda sodir etilishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlarda harakatlanish tartibi va shartlariga doir qoʻshimcha maʼlumotlar yetkazilib, mazkur vaziyatlarda ichki ishlar organlari va qoʻriqlash boʻlimlari bilan hamkorlik qilish tartibi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Uchrashuv davomida ishchi-xizmatchilarning savollariga masʼullar tomonidan batafsil javoblar berildi.