“Dolzarb oylik” idoralararo kompleks targʻibot tadbirlari yuzasidan navbatdagi davra suhbati oʻtkazildi
Fargʻona viloyatida oʻtkazilayotgan "Giyohvandlikka qarshi kurashish" oyligi doirasida "Qoʻriqlash" boshqarmasida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirda Ichki ishlar organlarining masʼul xodimlari, Din ishlari boʻlimi vakillari, Narkologiya dispanseri mutaxassislari va boshqarma shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Tadbir davomida giyohvandlikning jamiyatga yetkazayotgan zarari, yoshlar oʻrtasida uning oldini olish chora-tadbirlari va ularni sogʻlom hayotga yoʻnaltirish boʻyicha amaliy masalalar muhokama qilindi. Mutaxassislar oʻz maʼruzalarida giyohvand moddalarning inson salomatligiga xavfli taʼsiri, ayniqsa, yoshlar oʻrtasidagi uning keng tarqalishi bilan bogʻliq muammolarga alohida toʻxtaldilar.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan din ishlari boʻlimi vakillari giyohvandlik va unga bogʻliq jinoyatlarning diniy va axloqiy jihatlarini tushuntirib oʻtdilar. Mahalliy aholi bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar va taʼlim-tarbiya tizimida ularni ogohlikka chorlash muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.