Yangiliklar

14 Sentyabr 2024

SOHA FAOLIYATIGA DOIR YANGILIKLARNI SHAXSIY TARKIBGA YETKAZISHGA BAGʻISHLANGAN NAVBATDAGI DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish kuni” doirasida “Jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklari daxlsizligini taʼminlashda xodimlarning huquq va majburiyatlari hamda kasb madaniyatiga qatʼiy rioya qilish” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda Xorazm viloyati sudi mutaxassislari soʻzga chiqib, bugungi kunda xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarga toʻxtalib, ushbu holatlarni oldini olishda nimalarga eʼtibor qaratish zarurligi xususida maʼlumotlar berdi.
Tadbir davomida mutasaddi xodimlar tomonidan ishtirokchilarga bugungi kun talabidan kelib chiqib jamiyatdagi oʻzgarishlardan xabardor boʻlish, qonunchilik normalaridagi yangiliklarni muntazam ravishda muhokama qilib borish asosiysi, Milliy gvardiya xodimi degan yuksak nomga loyiq boʻlish uchun belgilangan tartib qoidalarga rioya etish zarurligi taʼkidlandi. Tadbir davomida xodimlar savollar bilan masʼullarga yuzlanib, oʻzlari uchun zarur boʻlgan huquqiy maʼlumotlarga ega boʻldilar.