OMMAVIY SAYYOR QABUL OʻTKAZILDI
Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi hamda Milliy gvardiya Qoʻmondonligi va boshqa hamkor tashkilotlar hamkorligida sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabul davomida murojaati bor har bir fuqaro va harbiy xizmatchi, xodim va ularning oila aʼzolari bilan yakka tartibda suhbatlar olib borildi. Suhbat davomida ishga kirish, tibbiy xizmat, nafaqadagi harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi, xizmat joyini koʻchirish hamda uy-joy masalalari kabi jami jami 44 ta murojaat kelib tushdi, ularning 8 tasi joyida ijobiy hal etildi, 26 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 10 tasi nazoratga olingan holda mutasaddilarga yuborildi.