Yangiliklar

4 Avgust 2025

Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida xizmat qilayotgan xodima ayollari orasida "Toʻmaris izdoshlari" koʻrik-tanlovi viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi

Bugun Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida xizmat qilayotgan xodima ayollari orasida "Toʻmaris izdoshlari" koʻrik-tanlovi viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda xodima ayollarning sport bilan muntazam shugʻullanishini ragʻbatlantirish, xizmatga sidqidildan yondashuvni mustahkamlash hamda Vatanga mehr-muhabbat va faxr-iftixor tuygʻularini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

Tanlov doirasida ishtirokchi xodimalar turli sinovlardan oʻtdilar. Ular milliy libosda oʻzlarini tanishtirish, PM oʻqotar qurolidan aniq moʻljalga oʻq uzish, jismoniy mashqlar, qurolni notoʻliq qismlarga ajratish va tibbiy tayyorgarlik hamda pazandachilik shartlari boʻyicha oʻz koʻnikmalarini namoyish etdilar. Bellashuvlar murosasiz va hayajonli tarzda oʻtdi, har bir ishtirokchi oʻzining shijoati, hamda malakasini namoyon qildilar.

Tadbir yakunida gʻoliblar munosib taqdirlanib, respublika yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.