Yangiliklar

16 May 2024

"AJDODLAR IZIDAN" KOʻRIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI

Bugun mamlakatimizda tizimda xizmat qilayotgan xodimlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim salohiyatlarini yanada yuksaltirish, kitobga boʻlgan mehrlarini oshirish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Navoiy shahridagi Yoshlar markazida huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida "Ajdodlar izidan" koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda xodimlar hamda harbiy xizmatchilar oʻzlarining intellektual salohiyatlarini mustahkamlash bilan bir qatorda, boshqa tizimdagi xodimlar bilan yaqin doʻstona aloqalar oʻrnatdilar.
Yakuniy natijalarga koʻra gʻolib deb topilgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi. Taʼkidlash joizki, ushbu musobaqada Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi jamoasi faxrli 1 oʻrinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.