Yangiliklar

16 Iyul 2024

«Yangi Oʻzbekistonning ibratli xodimlar oilasi» koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlarida xizmat qilayotgan xodimlar hamda ularning oila aʼzolari oʻrtasida «Yangi Oʻzbekistonning ibratli xodimlar oilasi» koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Koʻrik tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad – xalqimizning boy tarixini oʻrganish hamda asrab avaylash, milliy qadriyat va anʼanalarimiz, urf-odatlarimizga hurmat qilish hamda ularning ijodiy tashabbuskorliklarini shakllantirish, sogʻlom raqobat muhitini yaratish. Tanlovda oilaviy jamoalar 3 ta shart, tanishtiruv, sahna koʻrinishi, milliy anʼanalarimiz va urf-odatlarni koʻrgazmali namoyish qilish boʻyicha bellashishdilar.
Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.