Yangiliklar

31 May 2025

Xodimlarning oila aʼzolari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi

Xodimlarni ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning jinoyat koʻchasiga kirib qolishlarini oldini olish maqsadida tizimli ishlar tashkil etilmoqda. Xususan, bugun Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi hamda IIB rahbariyati, Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi masʼullari, viloyat prokuraturasi hamda Faxriylar kengashi bilan hamkorlikda xodimlarning oila aʼzolari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida soʻz olganlar, qonunchilik va xizmat intizomiga rioya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, xodimlarning oilalarida boʻladigan turli xil kelishmovchiliklar xususida toʻxtalib oʻtishdi.

Albatta, bu kabi tadbirlar xodimlarimizning xizmat faoliyatlarida belgilangan tartib-qoidaga boʻysunishlari, ularning oilada va xizmatda lider boʻlib xizmat qilishlariga zamin yaratadi. Tadbir soʻngida Boshqarma boshligʻining shaxsiy qabuli oʻtkazilib, ota-onalarning mavjud murojaatlarini ijobiy hal etish maqsadida masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.