Yangiliklar

30 Aprel 2025

Harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda qorovullik boʻlinmalari ishchilari va xizmatchilari ishtirokida jinoyatchilikni oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi

Shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, qonun buzilishi holatlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, turli xildagi koʻngilsiz holatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda qorovullik boʻlinmalari ishchilari va xizmatchilari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Videokonferensaloqa tarzida oʻtkazilgan ushbu tadbirda Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari masʼullari ishtirok etib, xodimlar orasida harbiy intizom va huquq tartibotini, shuningdek qonuniylikni mustahkamlash, shaxsiy tarkibning hayotini va sogʻligini asrash har bir kishining vazifasi ekanligi taʼkidladi.
Bundan tashqari, xodimlarning huquqiy bilimlarini muntazam oshirib borish, qonunchilikdagi oʻzgarishlardan ularni xabardor etish masalasiga ham eʼtibor qaratilib, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni saqlash – eng oliy burch ekanligi xodimlarga yana bir bor eslatib oʻtildi.
Tadbir yakunida qatnashchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.