Xizmat intizomini mustahkamlash va huquqbuzarliklar profilaktikasiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Qoʻriqlash Departamenti tashabbusi bilan xodimlar oʻrtasida xizmat intizomini mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbir Qoʻriqlash Departamenti boshligʻining kadrlar va tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari podpolkovnik B.S.Jumayev rahbarligida Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tuman va shahar Qoʻriqlash boʻlimlari xodimlari ishtirokida videoselektor tarzida oʻtkazildi.
Davra suhbatida xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jinoyatchilikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat intizomiga qatʼiy rioya etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish, ijrochilik intizomiga amal qilish, xodimlarning maʼnaviy va intellektual salohiyatini oshirish, beparvolikka yoʻl qoʻymaslik hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini kuchaytirish yuzasidan masʼul ofitserlarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.
Bunday tadbirlar xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi va masʼuliyatni oshirish, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.