Yangiliklar

22 Avgust 2024

“Mustaqilligimizning 33 yilligini yuksak jangovar shaylik va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikdagi yuqori natijalar va mustahkam intizom bilan kutib olamiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasining Urganch shahar "Qoʻriqlash" boʻlimida davlat mustaqilligining qoʻlga kiritilishi, mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi va mavzuga doir boshqa masalalar yuzasidan mutaxassislar ishtirokida oʻtkazilgan tadbir muhim ahamiyatga kasb etdi. Sababi shundaki, eng ulugʻ va eng aziz bayramlardan biri hisoblangan mazkur sana butun oʻzbek xalqi uchun mustaqillik atalmish buyuk neʼmatni taqdim etdi. Ajdodlarimiz ushbu erk uchun mashaqqatli kurash olib borganliklari va mazkur kurash natijasida bugungi Oʻzbekiston butun dunyo tan olgan rivojlanayotgan mamlakatlar qatorida ildam odimlab bormoqda. Tadbir doirasida ushbu jarayon bilan bogʻlik qimmatli maʼlumotlar shaxsiy tarkibga yetkazildi.