Xodimlarning diniy faoliyat bilan bogʻliq bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi uchun tashkil etilgan davra suhbati qimmatli maʼlumotlarga boy tarzda oʻtdi. Tadbirda xodimlar orasida maʼrifat va taʼlimning ahamiyati, jamiyatdagi ijtimoiy-axloqiy muammolarga qarshi kurashish yoʻllari muhokama qilindi. Davra suhbati jarayonida, maʼruzachilar va mutaxassislar taʼlim olishning muhimligi, yoshlarning qalbida maʼnaviy va axloqiy qadriyatlarni shakllantirish hamda ularni jaholat va salbiy taʼsirlardan himoya qilishga qaratilgan zamonaviy usullar haqida oʻz qarashlarini bildirishdi.
Mazkur davra suhbatida Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari ham oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar. Ular oʻz nutqlarida jamiyatda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash, yoshlar tarbiyasidagi eng muhim aspektlar va maʼrifatli jamiyat barpo etish uchun kerak boʻlgan qadamlar haqida gapirdilar.
Bu kabi tadbirlar orqali xodimlar nafaqat oʻz kasbiy koʻnikmalarini mustahkamlaydilar, balki jamiyatdagi ijtimoiy va maʼnaviy muammolarga faol munosabatda boʻlishga oʻrganadilar.