«Ranglarda aks etgan Vatan bayrogʻi» mavzusida rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi
Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan «Ranglarda aks etgan Vatan bayrogʻi» mavzusida rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi.
Samarqand viloyati «Barkamol avlod» bolalar maktabida tashkil etilgan ushbu tadbirda oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlari hamda oʻquvchi yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir yoshlarni vatanga boʻlgan muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularni milliy qadriyatlarga hurmat va eʼtibor bilan yondashishga undash maqsadida oʻtkazildi. Tanlovda ishtirok etgan barcha bolalar va yoshlar oʻz ishlarini yuqori darajada taqdim etishdi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi haqidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirdilar.
Tanlovning yakunida gʻolib ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplomlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.