Xizmat intizomi boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi
Xodimlar orasida xizmat intizomiga rioya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish boʻyicha bugungi kunda qator tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasida Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari, "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi rahbariyati hamda Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi masʼullari ishtirokida "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbirda rahbariyat tomonidan xodimlarning malakasini hamda huquqiy savodxonligini oshirish, komandir va boʻysunuvchilar oʻrtasidagi munosabatlar, xizmat intizomiga qattiq rioya qilish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek, respublikadagi soʻnggi noxush holatlar toʻgʻrisida xodimlarga yetkazildi. Yigʻilish soʻngida xodimlarga shukronalik hissi bilan xizmat olib borishlari borasida zarur tavsiyalar berildi.