Xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi va korrupsiya holatlari, ijrochilik intizomidagi kamchiliklar muhokama etildi
Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida shahar-tuman Qoʻriqlash boʻlimlari xodimlari ishtirokida navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda masʼullar tomonidan yil boshidan xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi va korrupsiya holatlari, ijrochilik intizomidagi kamchiliklar alohida taʼkidlanib oʻtildi.
Mazkur tadbirda ishtirokchilarga qonunchilikdagi yangiliklar hamda normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida tizimda ijrochilik va xizmat intizomi buzilish holatlari aniq misollar bilan keltirib oʻtildi va bular uchun javobgarlik asoslariga ham alohida toʻxtalib oʻtildi.
Bundan tashqari rahbariyat tomonidan belgilangan vazifalar ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilganligi borasida eslatib oʻtilib, joriy yil davomida amalga oshirilish lozim boʻlgan ustuvor vazifalar belgilanib olindi. Yigʻilish yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga rahbarlar tomonidan javob olishdi.