Xodimlar ishtirokida jinoyatchilikning oldini olish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, shuningdek turli xil onlayn qimor oʻyinlari taʼsiriga tushib qolishni oldini olishga qaratilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi
Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida jinoyatchilikning oldini olish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, shuningdek turli xil onlayn qimor oʻyinlari taʼsiriga tushib qolishni oldini olishga qaratilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbir Qoʻriqlash Departamenti boshligʻining kadrlar va tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari podpolkovnik B.S.Jumayev rahbarligida tuman va shahar Qoʻriqlash boʻlimlari xodimlari ishtirokida videoselektor tarzida oʻtkazilgan boʻlib, oʻnda xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jinoyatchilikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat intizomiga qatʼiy rioya etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish, ijrochilik intizomiga amal qilish, xodimlarning maʼnaviy va intellektual salohiyatini oshirish, beparvolikka yoʻl qoʻymaslik hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini kuchaytirish yuzasidan masʼul ofitserlarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.
Bunday tadbirlar xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi va masʼuliyatni oshirish, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.