Yangiliklar

30 Aprel 2024

QONUNCHILIK VA XIZMAT INTIZOMINI MUSTAHKAMLASH HAMDA YOʻL-TRANSPORT HODISALARINING OLDINI OLISHGA QARATILGAN VIDEOSELEKTOR YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

Shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, qonun buzilishi holatlariga nisbatan befarq munosabatda boʻlmaslik, turli xil koʻngilsiz holatlar sodir etilishining oldini olish borasidagi ishlar yuzasidan Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda shahar-tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlari xodimlari ishtirokida videoselektor tarzida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati, Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi hamda viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirok etib, unda qonunchilik intizomi buzilishiga yoʻl qoʻymaslik borasida amalga oshirilayotgan targʻibot ishlar, tegishli chora-tadbirlar toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Shuningdek, suhbat davomida yoʻl-transport hodisalari hamda qonun buzilishi holatlarini oldini olish – har bir xodimning vazifasi ekanligi alohida taʼkidlandi.
Maʼruzachilar tomonidan yoʻl harakati qoidalariga soʻnggi kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, harakat davomida asosiy eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar, yoʻl-transport hodisalariga sababchi holatlar va ularni oldini olish borasida belgilangan tezlikni meʼyoridan oshirmaslik, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan xolda hamda texnik nosoz transport vositalarini boshqarmaslik, hushyorlikni taʼminlash borasida tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.