SPORTNING MINI-FUTBOL TURI BOʻYICHA MUSOBAQA OʻTKAZILDI
Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarmasi xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish, ularning sportga boʻlgan qiziqishlarini takomillashtirish maqsadida sport musobaqalari oʻtkazilib kelinmoqda.
Kuni kecha sportning mini-futbol turi boʻyicha boshqarma boshligʻi kubogi uchun navbatdagi birinchilik musobaqasi tashkil etildi.
Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy boʻlgan bellashuvlarda hamjihatlikda toʻp surgan va jismonan chiniqqan jamoalar gʻoliblik uchun asosiy daʼvogarlardan boʻlishdi.
Musobaqaning yakunida esa barcha gʻolib va sovrindorlarga diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari taqdim etildi.