Yangiliklar

26 Mart 2024

KIBERSPORT MUSOBAQASI BOʻLIB OʻTDI

Yurtimizda kibersportni xavfsiz rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha ekotizim yaratish, musobaqalar va turnirlarni tizimli ravishda oʻtkazish orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash hamda ularni professional kibersportga yoʻnaltirish, axborot texnologiyalari va IT-industriya uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlash va ularni sohaga jalb qilish ishlarini yanada kengaytirish maqsadida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Ayni shu maqsadda, Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda, yosh harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirokida kibersportning Counter-Strike yoʻnalishi boʻyicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqada jami 8 ta jamoa ishtirok etib, oʻzlarining mazkur sohadagi koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazdilar. Yakuniy natijalarga koʻra gʻolib deb topilgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.