Mini-futbol boʻyicha Qoʻriqlash boshqarmasi birinchiligi musobaqalari oʻtkazildi
Xodimlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishlarini oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kuni kecha Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan hamkorlikda xodimlar oʻrtasida sportning mini-futbol turi boʻyicha Qoʻriqlash boshqarmasi birinchiligi musobaqasi tashkil etildi.
Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslarda 3 oʻrinni Karmana tumani, 2 oʻrinni Qiziltepa tumani Qoʻriqlash boʻlimlari hamda faxrli 1 oʻrinni Qoʻriqlash boshqarmasi Alohida bataloni xodimlari qoʻlga kiritishdi. Musobaqa soʻngida gʻolib deb topilgan xodimlar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.