Yangiliklar

26 Sentyabr 2024

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida profilaktik tadbir oʻtkazildi

"Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida profilaktik tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbirga IIB YHXB hamda FVB xodimlari jalb etilib, “Yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, kuz qish mavsumida is gazidan zaharlanishlardan saqlanish” mavzusi doirasida kerakli maʼlumotlar berildi.
Bundan tashqari shaxsiy tarkibni hayotini va sogʻligini asrash, yoʻl-transport hodisalari hamda qonun buzilishi holatlarini oldini olish – har bir kishining vazifasi ekanligi taʼkidlandi.
Tadbir yakunida esa xodimlar oʻzlariga kerakli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish bilan bir qatorda qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Close menu