Yangiliklar

31 Iyul 2025

Jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulklari daxlsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida ijrochilik intizomi, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki daxlsizligini taʼminlash, shuningdek, tizimda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokamasiga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Boshqarma boshligʻi polkovnik B.M.Xasanov soʻzga chiqib, viloyat hududidagi Qoʻriqlash faoliyatini tahlil etib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar, shuningdek, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar haqida atroflicha maʼlumot berdi. Xususan, jismoniy va yuridik shaxslar mulkining xavfsizligini taʼminlash, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish hamda xizmat intizomini kuchaytirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab oʻtdi.

Shuningdek, shahar va tuman Qoʻriqlash boʻlimlarining faoliyati tanqidiy ruhda koʻrib chiqilib, har bir boʻlim kesimida mavjud muammolar va ularni hal etish yoʻllari muhokama qilindi.

Yigʻilish yakunida, korrupsiya, firibgarlik, yoʻl-transport hodisalari kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida tayyorlangan videoroliklar shaxsiy tarkibga namoyish etildi. Bu, oʻz navbatida, xodimlar orasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, masʼuliyatni oshirishga qaratilgan targʻibot tadbirlaridan biri sifatida xizmat qildi.